“O‘zbektelekom” AK va Moskva boshqaruv maktabi SKOLKOVO o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


🔺 21-iyul kuni “O‘zbektelekom” AK vakillari hamda Moskva boshqaruv maktabi SKOLKOVO rektori Aleksandr Kim boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💬 Uchrashuv davomida korporativ ta’limni rivojlantirish, boshqaruv kompetensiyalarini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
✅ Tomonlar “O‘zbektelekom” AKning korporativ ta’lim tizimi, Uztelecom ta’lim platformasining imkoniyatlari hamda zamonaviy ta’lim yechimlarini joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, rahbarlar va mutaxassislar uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, raqamli ta’lim mahsulotlarini yaratish va mahalliylashtirish, ichki trenerlar salohiyatini rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishib, ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida imzolanishi rejalashtirilayotgan hamkorlik memorandumi yuzasidan keyingi bosqichlarni belgilab oldilar.