"Uztelecom Ta’lim" — Siz uchun to'g'ri yechim. Hoziroq boshlang!


Hurmatli hamkasblar!
Bugundan boshlab “Uztelecom ta’lim” platformasi test rejimida ishga tushirildi. Mazkur platforma xodimlarning malakasini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda korporativ ta’lim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish uchun yaratilgan. Platformada o‘quv kurslari, testlar, o‘quv jarayoni tahlili va kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan xodimlar uchun sertifikatlar mavjud.
Hozirgi bosqichda platforma test rejimida faoliyat yuritmoqda. Sinov jarayonida bildiriladigan taklif va mulohazalar tizimni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Rejaga muvofiq, platforma yangi o‘quv kurslari, dasturlar va qo‘shimcha funksiyalar bilan bosqichma-bosqich boyitib boriladi.
Platformaga ushbu havola orqali o’tishingiz mumkin: lms.uztelecom.uz
"Uztelecom Ta’lim" — Siz uchun to'g'ri yechim. Hoziroq boshlang! 🚀