⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode

“TMS Hub” filiali va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“TMS Hub” filiali va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
photo_2026-07-22_10-08-30.jpg
photo_2026-07-22_10-08-23.jpg

Mazkur Memorandum telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida ta’lim jarayonini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.

Memorandum doirasida axborot va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida malaka oshirish kurslari, seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Shuningdek, sohaning yetakchi mutaxassislari o‘quv jarayoniga jalb qilinib, ularning ishtirokida tajriba almashish, ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish, dolzarb ilmiy mavzular bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda filial tinglovchilari uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik telekommunikatsiya va axborot xavfsizligi sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, amaliy tajribani kengaytirish, ilg‘or bilim va texnologiyalarni joriy etish hamda mamlakatimizda kiberxavfsizlik sohasining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.