⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode

"O‘zbektelekom" AK TMS Hub filiali Raqamli ta’limni rivojlantirish xizmati xodimlarining Huawei kompaniyasi bilan uchrashuvi

"O‘zbektelekom" AK TMS Hub filiali Raqamli ta’limni rivojlantirish xizmati xodimlarining Huawei kompaniyasi bilan uchrashuvi
image_picker_9E7544EE-1F23-498F-8600-9E0A9A2E8777-8422-0000029A26C4356D.jpg

Bugun "O‘zbektelekom" AK TMS Hub filiali Raqamli ta’limni rivojlantirish xizmati xodimlari Huawei kompaniyasining Toshkentdagi ofisida bo‘lib, korporativ ta’lim va xodimlarni rivojlantirish yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Uchrashuv davomida Huawei kompaniyasi vakillari tomonidan xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish tizimi, korporativ ta’lim jarayonlarini tashkil etish mexanizmlari hamda xodimlar samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan zamonaviy metrikalar haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida ta’lim jarayonlarini boshqarish, kompetensiyalarni rivojlantirish, o‘quv natijalarini monitoring qilish va xodimlarning kasbiy o‘sishini baholash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar hamda amaliy tajribalar muhokama qilindi. Mazkur uchrashuv korporativ ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish, tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Uchrashuv yakunida tomonlar korporativ ta’lim va xodimlarni rivojlantirish yo‘nalishlarida tajriba almashishning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.