⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode⚠ Diqqat! Sayt sinov rejimida ishlayapti⚠ Сайт работает в тестовом режиме⚠ This site is running in test mode

Последние новости

Будьте в курсе последних обновлений платформы, запусков курсов и новостей отрасли

“TMS Hub” filiali va Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti örtasida hamkorlik yölga qöyildi

“TMS Hub” filiali va Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti örtasida hamkorlik yölga qöyildi

“InnoWeek–2026” innovatsiyalar haftaligi doirasida “Özbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “TMS Hub” filiali hamda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Akseleratsiya va inkubatsiya markazi örtasida hamkorlik yölga qöyildi . ✅ Hamkorlik doirasida innovatsion ğoyalarni qöllab-quvvatlaş, soha mutaxassislarining salohiyatini rivojlantiriş, yangi ğoyalar va startap loyihalarini shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida “Startap asoslari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini, qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratiladi.

Oct 29, 2026

Читать
“O‘zbektelekom” AK va Moskva boshqaruv maktabi SKOLKOVO o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“O‘zbektelekom” AK va Moskva boshqaruv maktabi SKOLKOVO o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

🔺 21-iyul kuni “O‘zbektelekom” AK vakillari hamda Moskva boshqaruv maktabi SKOLKOVO rektori Aleksandr Kim boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 💬 Uchrashuv davomida korporativ ta’limni rivojlantirish, boshqaruv kompetensiyalarini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. ✅ Tomonlar “O‘zbektelekom” AK ning korporativ ta’lim tizimi, Uztelecom ta’lim platformasining imkoniyatlari hamda zamonaviy ta’lim yechimlarini joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, rahbarlar va mutaxassislar uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, raqamli ta’lim mahsulotlarini yaratish va mahalliylashtirish, ichki trenerlar salohiyatini rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. 🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishib, ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida imzolanishi rejalashtirilayotgan hamkorlik memorandumi yuzasidan keyingi bosqichlarni belgilab oldilar.

Jul 22, 2026

Читать
“TMS Hub” filiali va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“TMS Hub” filiali va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Mazkur Memorandum telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida ta’lim jarayonini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. Memorandum doirasida axborot va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida malaka oshirish kurslari, seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Shuningdek, sohaning yetakchi mutaxassislari o‘quv jarayoniga jalb qilinib, ularning ishtirokida tajriba almashish, ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish, dolzarb ilmiy mavzular bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda filial tinglovchilari uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur hamkorlik telekommunikatsiya va axborot xavfsizligi sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, amaliy tajribani kengaytirish, ilg‘or bilim va texnologiyalarni joriy etish hamda mamlakatimizda kiberxavfsizlik sohasining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Jul 22, 2026

Читать